Maguayrning vaziyati bo‘yicha o‘zgarish yo‘q
«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Xarri Maguayr faoliyatini davom ettirish uchun ustuvor variant haqida fikrini o‘zgartirmadi. 30 yoshli ingliz hali ham “qizil iblislar” safida qolib, asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» agar transfer oynasi oxirigacha Maguayrni sota olmasa, yangi markaziy himoyachi sotib olish niyatida emas. Boz ustiga, klubning asosiy maqsadi Benjamin Pavar Milanning “Inter” klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
Maguayr avvalroq «Vest Xem»ga o‘tishi mumkin edi, ammo yakunda transfer amalga oshmay qoldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/