Musa: «Milan»da sezilarli darajada o‘sishim mumkin»

Yozgi transferlar vaqtida yarim himoyachi Yunus Musa «Milan» jamoasiga kelib qo‘shildi. “Rossoneri” safida o‘tkazilgan sakkizta o‘yinda futbolchi bitta muvaffaqiyatli uzatmani amalga oshirdi.

«Janob Pioli menga katta ishonch berdi va men «Milan»da juda baxtliman. Ishonamanki, bu men sezilarli darajada o‘sishim mumkin bo‘lgan joy», – deydi futbolchi.

«Yuventus»ga qarshi o‘yin? Bu ajoyib bo‘ladi. Asosiy tarkibda boshlayman degan umiddaman, bu ajoyib lahza bo‘ladi”, – deya qo‘shimcha qildi Musa.

Ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida aynan “Milan” peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter