«Roma» hujumchisi: «Portlashim mumkin bo‘lgan paytlar edi»

«Roma» va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku o‘zi ishtirokidagi yozgi transfer dostoniga izoh berdi.

«Men o‘qigan eng katta yomon xabarlar edi. Men ma’lum bir klubga o‘tishim kerak edi. Ko‘p notanish odamlar mening nomimdan gapirishni yaxshi ko‘rishardi.

Bu yerdagilarning ko‘pchiligi meni taniydi – yomon muhitda o‘ynashni yoqtirmayman. Vaqti kelganda gapiraman.

Portlashim mumkin bo‘lgan paytlar edi. Lekin men sukut saqladim va bor e’tiborimni o‘zimga, yaxshi narsaga – futbol o‘ynashga qaratdim», dedi Lukaku jurnalistlarga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter