«Chelsi» Lukakuni Saudiya Arabistoniga sotishi mumkin

«Chelsi» markaziy hujumchisi Romelu Lukaku Saudiya Arabistoni chempionatida ishtirok etishi mumkin, bu haqda TalkSport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Angliya top-klubi xo‘jayinlari, agar futbolchi Yevropaning boshqa jamoasiga o‘tmasa, 30 yoshli hujumchini Yaqin Sharqqa sotib yuborishadi. Avvalroq matbuotda Lukakuga Turinning «Yuventus» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

2022/2023 yilgi mavsumda Romelu Milanning “Inter” klubida ijara asosida o‘ynadi. Belgiyalik futbolchi 37 ta jangda qatnashib, 14 ta gol urgan.

Lukakuning «aristokratlar» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Futbolchining transfer narxi 40 million yevro.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter