Desham: «Mbappeda muammolar bor edi»

O‘rtoqlik uchrashuvida Germaniyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:2) Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham hujumchi Kilian Mbappe nima sababdan maydonga tushmaganiga izoh berdi.

“Kilianda muammo bor edi. Bu uni bezovta qildi. Agar Mbappe uchrashuvni asosiy tarkibda boshlay olmasa, demak, biz uni o‘yin davomida o‘yinga kiritmoqchi emasmiz», – deya Deshamdan iqtibos keltiradi L’Equipe.

«PSJ» hujumchisi asosiy tarkibda maydonga tushmagan so‘nggi 4ta o‘yinning birortasida ham Fransiya terma jamoasi g‘alaba qozona olmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter