«PSJ»: Chiqmagan jondan umid

Kilian Mbappe va «Pari Sen-Jermen» keyingi hamkorlikni yana bir bor muhokama qilishadi.

Hujumchining amaldagi shartnomasi kelasi yili yakuniga yetadi. Mavsum yakunida superyulduzni tekinga qo‘yib yuborishni istamagan klub futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif qilgan, ammo u rad javobini bergan. Tomonlar o‘rtasida mojaro kelib chiqdi, shu sababli Mbappe parijliklarning asosiy jamoasi joylashgan joyidan chetlashtirildi. Canal+ xabariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda futbolchi va «PSJ» rahbariyati o‘rtasidagi munosabatlar biroz yaxshilangan. Tez orada yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Kilian Mbappe 2024 yilning yozida «Real»ga o‘tishga rozi bo‘lgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter