Xanchjou-2022, kamondan o‘q otish: Amirxon Sodiqov chorak finalda

Bugun kamondan otish bo‘yicha saralash bosqichining ikkinchi kun bellashuvlari o‘tkazildi. Uning yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Amirxon Sodiqov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz saralash bahslarida Junya Nakanishi (Yaponiya) va Kuok Pxong IYE (Vyetnam) kabi raqiblarni mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u ertaga Toshkent vaqti bilan 11:20 da start oladigan chorak final bahsida janubiy koreyalik Vuseok Li bilan bellashadi.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter