Ayollar o‘rtasidagi JCH-2023. AQSH sensasion tarzda musobaqani tark etdi

Shvesiya va AQSH terma jamoalari o‘rtasidagi 2023 yilgi futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Uchrashuv «AAMI Park — Melburn Rektangular» (Melburn, Avstraliya) stadionida bo‘lib o‘tdi. Shvesiya AQSHni penaltilar seriyasida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

O‘yinning 120 daqiqasida jamoalar birorta ham gol urishmadi. Penaltilar seriyasida AQSH terma jamoasini 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Chorak finalda Shvesiya Yaponiya ayollar terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

2023 yilgi ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionati 20 iyuldan 20 avgustgacha Yangi Zelandiya va Avstraliyada bo‘lib o‘tadi. Qo‘shma Shtatlar amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Amerikaliklar to‘rt marta jahon chempioni bo‘lishgan.

 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter