Xanchjou-2022, boks: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ikkinchi jangida ham g‘alaba qozondi

Osiyo O‘yinlarining boks dasturidan o‘rin olgan bugungi janglarda barcha 3 nafar sportchilarimiz g‘alaba qozonishdi.

71 kg. vaznda Xanchjouga tashrif buyurgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (u avval 67 kg. vaznda ishtirok etardi) nimchorak final bosqichi doirasida filippinlik Marjon Pianarga qarshi ringga ko‘tarilib, barcha raundlarda to‘liq ustunlikka erishdi. Yakuniy baholar — 5-0 (30:26, 30:26, 30:26, 30:27, 30:27).

Hamyurtimiz chorak finalda qozog‘istonlik jahon chempioni Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu jang 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter