UYEFA Rossiyaga qarshi davlatlarni murosaga chaqirdi

UYEFA Rossiya jamoalari bilan o‘yinlarga boykot e’lon qilgan mamlakatlarning fikrini o‘zgartirmoqchi.

Seshanba kuni UYEFA 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat Rossiya jamoalariga xalqaro musobaqalarga qaytishga ruxsat berdi.

Ular uy uchrashuvlarini neytral hududda o‘tkazishi va Rossiya madhiyasi, bayrog‘i va davlat ramzlari tushirilgan formasiz o‘ynashi ko‘zda tutilgandi.

Ko‘p o‘tmay, Angliya, Shvesiya, Norvegiya, Daniya, Shimoliy Irlandiya, Latviya, Polsha va Ukraina Rossiya jamoalari bilan o‘yinlarga boykot e’lon qilishdi.

Ukraina futbol assosiasiyasi Yevropaning barcha 55 futbol federasiyasiga Rossiya U-17 terma jamoalariga qarshi o‘yinlarni boykot qilishni so‘rab xat yubordi.

Sky jurnalisti Rob Xarrisning fikricha, UYEFA rahbariyati bu boradagi kelishmovchiliklarga barham bermoqchi.

Ittifoq norozilik bildirayotgan mamlakatlarni bir-biriga zid deb hisoblaydi va buni ularga ta’kidladi.

UYEFA Ukraina Sport vazirligining pozisiyasiga ishora qildi, u iyul oyida o‘z pozisiyasini yumshatdi va ukrainalik sportchilarning rossiyaliklar bilan neytral maqomda qatnashishlariga rozi bo‘lgandi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter