De Yong: «Uchinchi goldan keyin o‘yin tugagan edi»

PSV hujumchisi Lyuk de Yong UYEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turi doirasida Londonning “Arsenal” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv natijasi haqida gapirdi. Uchrashuv 4:0 hisobida «kanonirlar» foydasiga hal bo‘ldi.

“Biz kuchli raqibga duch kelishimizni tushundik. Biz ularga bosim o‘tkazishga harakat qildik, biroq erta to‘p o‘tkazib yubordik. Shundan so‘ng biz o‘yin nazoratini kuchaytira oldik, ammo «Arsenal» uchinchi golni kiritdi. Keyin o‘yin tugagani ma’lum bo‘ldi», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi UYEFA matbuot xizmati.

Mag‘lubiyatdan so‘ng PSV guruhda so‘nggi o‘rinni egallab oldi, «Arsenal» esa peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter