Mendilibar: «Siti»ga qaraganda ko‘proq imkoniyatlar yaratdik»
«Sevilya» bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibar UYEFA Superkubogi uchun bahsda «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Siti kabi yaxshi jamoaga qarshi yaxshi reja tuzish juda qiyin. Ikkinchi golni urish uchun imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik.
Lekin o‘ylaymanki, biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik va ehtimol ularga qaraganda ko‘proq imkoniyatlar yaratdik.
«Siti» odatda kamida bitta gol uradi. Biz buni bilardik va g‘alaba qozonish uchun ikki marta gol urishimiz kerakligini tushundik.
Afsuski, biz muvaffaqiyatga erisha olmadik», – deya Mendilibarning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA matbuot xizmati.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/