Nunes Kaka va Ronaldinyo kumirlari bo‘lganini ta’kidladi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateus Nunes bolalikdagi asosiy kumirlari kim ekanligini aytdi.

«O‘yinimga Kaka eng ko‘p ta’sir qilganini aytgan bo‘lardim. Uni tomosha qilish menga juda yoqardi. Ronaldinyo mening futboldagi kumirim. Haligacha uning videolarini ko‘p tomosha qilaman. Men bolaligimda eng ko‘p ko‘rganim shu ikkisi», – dedi Nunes klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

25 yoshli portugaliyalik ushbu yozda «Vulverxempton»dan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. U yangi jamoasida 6 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter