«Manchester Siti» portugaliyalik yarim himoyachiga ko‘z tikdi

Lukas Paketa transferi amalga oshmaganidan so‘ng, «Manchester Siti» yarim himoyani kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarga o‘tdi. The Athletic. o‘z sahifalarida xabar berishicha, Angliya chempionlari «bo‘rilar»dan Mateus Nunesni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Nunes bir yildan beri “Vulverxempton”da o‘ynamoqda. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 24 yoshli futbolchini 45 million yevroga baholamoqda.

Mateus Nunes Portugaliya terma jamoasi safida 11 ta o‘yin o‘tkazgan. Ularda yarim himoyachi bitta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter