Gvardiola Mateus Nunesga baho berdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaga yangi kelgan Mateus Nunesning fazilatlari haqida gapirdi.

“U jismoniy tayyorgarligi tufayli tayanch yarim himoyachi, hujumkor yarim himoyachi va himoyachi sifatida o‘ynay oladi. U to‘pni qabul qilishni yaxshilashi kerak. Kevin kabi to‘pni boshqarishga harakat qilsa, ajoyib bo‘ladi. Uning kuchi, bu fazilatini boshqa futbolchilardan topish qiyin. U oddiy narsalarda aniqroq bo‘lishni o‘rganadi», – dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik yarim himoyachi 53 million funt sterling evaziga «Vulverxempton»dan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter