«Manchester Siti» Ezega rasmiy taklif bilan chiqmagan

«Kristal Pelas»ning hujumkor yarim himoyachisi Eberechi Ezega «Manchester Siti» qiziqish bildirgandi, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano.

Ammo manbaning ta’kidlashicha, «shaharliklar» 25 yoshli ingliz uchun rasmiy takliflar bildirmagan. Avvalroq, transfer oynasining so‘nggi soatlarida «Manchester Siti» Ezega 60 million funt taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

Manchester klubi Ezening nomzodini ko‘rib chiqdi, ammo bu Mateus Nunes bilan shartnoma imzolanishidan oldin edi.

Eze joriy mavsumda 5 ta o‘yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter