Tuxel endi «Bavariya» transferlariga kamroq aralashadi
«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel endi transfer rejalashtirishda kamroq rol o‘ynaydi. Jurnalist Kristian Falk bergan ma’lumotlarga ko‘ra, nemis mutaxassisi endi shunchaki rahbariyatga o‘z xohish-istaklari ro‘yxatini taqdim etishi mumkin, ammo murabbiy qaysidir futbolchining nomzodi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Tuxel bahorda «Bavariya»ni qabul qilib olgan edi. O‘tgan yozda jamoa transfer bozorida katta mablag‘ sarflab, jamoaga bir qator yangi futbolchilarni taklif qilgandi. Eng qimmat xarid «Tottenxem»dan 100 million yevroga sotib olingan hujumchi Xarri Keyn bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/