«Bavariya» Keyn bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishib oldi
«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn «Bavariya»ga o‘tish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist David Ornshteyn xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar to‘rt yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan.
Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, Keyn nemis klubiga o‘tishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ruxsat olgan.
Oldinroq «Bavariya» «Tottenxem» bilan Keyn bo‘yicha 100 million yevroga kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edi.
2022/23 yilgi mavsumda Keyn «Tottenxem» safida barcha turnirlar doirasida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 30 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/