Kanseluning transferida hal qiluvchi kunlar yaqinlashmoqda
«Manchester Siti» himoyachisi Joau Kanselu «Barselona»ga o‘tishga tayyor. Sport nashrining yozishicha, kelishuv hal qiluvchi kunlarga kelib qolgan.
Manbaning aytishicha, Kanseluning agenti Jorje Mendesh «Manchester Siti» o‘z himoyachisi uchun qancha pul so‘rayotganini tushunadi. Portugaliyalik mutaxassis tez orada «Barselona»ni iqtisodiy inqiroz davrida kelishuvni amalga oshirishning moliyaviy imkoni bor-yo‘qligi haqida xabardor qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Kanselu «Manchester Siti» va bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning rejalariga kiritilmagan. Joau uchun faoliyatini davom ettirishning ustuvor varianti «Barselona».
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/