Simeone: «Men har doim Sarriga ergashganman»

«Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasidagi jamoalarning o‘yini oldidan «Lasio» ustozi Maurisio Sarri haqida gapirdi.

«Menga Sarrining o‘yini doim yoqadi, men doim unga ergashganman. Men ham jamoamni yaxshilash uchun undan ilhom oldim. «Lasio» yaxshi himoyalanadi, son jihatdan ustunlikka intiladi va xavfli o‘yinchilarga ega. Bu ular nimani xohlashlarini biladigan jamoa va biz ularga zarar yetkazishga harakat qilamiz. Ular “Yuventus”ga mag‘lub bo‘lishdi, ammo “Napoli”ni mag‘lub etganlarida o‘zlarining haqiqiy qiyofalarini ko‘rsatdilar.

Biz ham, “Lasio” ham mavsumni salbiy boshladik. Lekin qanday boshlashing muhim emas, qanday yakunlashing muhim”, – dedi Simeone matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter