Simeone Feliksning kelajagi haqida fikr bildirdi

Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoa hujumchisi Joau Feliks haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Diqqat jamoaga qaratilgan. Matbuotda uning qoladimi yoki ketadimi degan savol ko‘proq e’tiborni jalb qilishi tabiiy. Klubdan muhimroq odam yo‘qligini allaqachon aytgandim. Bu aniqroq bo‘lishi mumkin emas edi. U bor narsasining ko‘pini berdi. U o‘zida bor narsa va biz undan talab qiladigan narsalar bilan yaxshi ishlashga harakat qildi.

Uning kelajagi? Bu menga bog‘liq emas, undan va uning agentidan so‘rang», – dedi Simeone.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter