«Atletiko» Simeone bilan shartnomani uzaytirmoqchi
«Atletiko» klub rahbariyati bosh murabbiy Diyego Simeonega shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqchi.
Argentinalik murabbiy 2011 yildan beri Madrid klubini boshqarib keladi va jamoani Yevropada o‘z o‘ringa ega qildi. Biroq o‘tgan mavsumda Simeone qiyin davrni boshidan kechirdi va ikki tomonning yo‘li ajralishi mumkindek tuyuldi.
Simeone jamoasi esa 2022/23 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ajoyib tarzda o‘tkazdi va mutaxassisning ketishi haqidagi gap-so‘zlar barham topdi.
Marca nashri xabariga ko‘ra, «Atletiko» oktyabr oyida Simeonega yangi shartnoma taklif qiladi, ehtimol xalqaro tanaffus vaqtida. Simeonening shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi va klub rahbari Migel Anxel Xil Simeoneni 2026 yilga qadar lavozimida qolishini istaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/