Italiya termasini boshqarishga da’vogar klub nomi ma’lum bo‘lji

Sankt-Peterburgning “Zenit” va “Napoli” klublarining sobiq bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya terma jamoasi murabbiyligi uchun kurashda favorit hisoblanadi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘z Twitter’ida xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Italiya futbol federasiyasi (FIGC) rahbariyati Spalettini afzal ko‘rmoqda. Mutaxassis 2026 yilgacha shartnoma imzolashi mumkin, ammo uning transferi uchun sobiq jamoasi «Napoli»ga 3,2 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashi kerak. FIGC esa tovon to‘lamoqchi emas. Ertaga, 15 avgust kuni yechim topish maqsadida muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoa bilan Yevropa chempioni bo‘lgan Roberto Manchini Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter