«Al-Arabi» Verratti variantidan qaytgani yo‘q

«PSJ» yarim himoyachisi Marko Verratti hamon jamoasini tark etishi mumkin.

Yevropada transfer oynasi allaqachon yopilgan bo‘lsada, Saudiya Arabistonidagi mahalliy klublar hali ham shartnomalar tuzishi mumkin.

Jurnalist Abdulloh Bulma xabariga ko‘ra, «Al-Arabi» Parij klubiga Verratti uchun 50 million yevro taklif qilgan.

Manbaning xabar berishicha, hozirda klublar murosa topish uchun faol muzokaralar olib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, Verratti parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening rejalariga kiritilmagan.

Marko Italiyaning «Peskara» klubidan 2012 yilda «PSJ»ga ko‘chib o‘tgan. Verratti bir necha oy oldin Parij klubi bilan yangi shartnoma imzolagan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter