Tez orada Verrattining Qatar klubiga transferi amalga oshadi

«PSJ» yarim himoyachisi Marko Verratti «Al-Arabiy»ga o‘tadi.

Italiyalik futbolchining ketishi deyarli muqarrar – yarim himoyachi o‘zini Luis Enrike jamoasida ko‘rmayapti, deya xabar beradi insayder Fabris Xokins. Qatarliklar Verratti uchun taxminan 45 million yevro taklif qilgan, «PSJ» esa bunday shartlardan qoniqmoqda. Tez orada transfer amalga oshiriladi.

Marko Verratti 12 yil davomida parijliklar safida 416 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 61 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Yangi mavsumda italiyalik «PSJ» qaydnomasiga kiritilmayapti. Unga da’vogarlar orasida «Galatasaroy» va «Al-Hilol» ham bor edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter