Taremi «Milan»ga o‘tishni talab qilmoqda

Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida hujumchi Mehdi Taremi «Portu»dan «Milan»ga o‘tmoqchi. Relevo xabariga ko‘ra, 31 yoshli eronlik o‘z xohishi haqida allaqachon «ajdarlar»ga bir necha bor aytgan.

Yakshanba oqshomida Taremi yana bir bor klubga «rossoneri»ga o‘tish niyati haqida ma’lum qildi. Forvard transfer amalga oshishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.

Mehdi Taremi 31 yoshda, nufuzli transfermarkt portali ekspertlari uni 18 million yevroga baholamoqda. Eronlik futbolchi «Portu» safida 150 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 80 ta gol urgan va 49 ta golli uzatmani hamkorlariga bergan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter