«Vest Xem» o‘z futbolchisi uchun «Manchester Siti»dan 110 million yevro talab qilmoqda

Yarim himoyachi Lukas Paketa «Vest Xem»dan «Manchester Siti»ga o‘tishga yaqin turibdi. Ijtimoiy tarmoq jurnalisti Muhammad Buhafsining xabar berishicha, 25 yoshli braziliyalik futbolchi «shaharliklar» bilan olti yillik shartnomaga rozi bo‘lgan.

Endi “Manchester Siti” uchun “Vest Xem” bilan muzokara olib borishi kerak Londonliklar braziliyalik futbolchi uchun bonuslarsiz 110 million yevro talab qilmoqda. Muzokaralar jarayoni davom etmoqda.

11 avgust kuni APLning 1-turida “Manchester Siti” safarda “Byornli”ga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter