«Tottenxem» eronlik hujumchi uchun 24 million yevro taklif qilmoqchi

«Tottenxem» «Portu» hujumchisi Mehdi Taremiga qiziqish bildirmoqda.

«Shporlar» 31 yoshli eronlik futbolchi uchun 24 million yevro taklif qilishga tayyor, «ajdarlar» esa 30 million yevro talab qilmoqda.

Taremining huquqlarini taniqli futbol agenti Jorje Mendesh himoya qiladi.

«Portu»ning to‘purar bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

O‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasidagi 50 ta o‘yinda Taremi 31 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter