Saudiya chempionati bosh direktori: «Biz boshqacha bo‘lishga harakat qilyapmiz»

Saudiya Arabistonida Yevropa chempionlar ligasida mahalliy klublar bilan o‘ynash g‘oyasi yuqori baholandi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni mahalliy klubning Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatini o‘rganayotgani xabar qilingandi. UYEFA bu ma’lumotni rad etdi.

«Biz boshqacha bo‘lishga harakat qilmoqdamiz, shuning uchun ligaga kiritilishi mumkin bo‘lgan har qanday formatdagi o‘zgarishlar yoki yaxshilanishlar mamnuniyat bilan qabul qilinadi», dedi liganing bosh operasion direktori Karlo Noxra.

Shu bilan birga, funsioner Saudiya Arabistoni ligasi hamon Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish g‘oyasiga sodiqligini ta’kidladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter