Saudiya klubi «Arsenal» hujumchisi transferi ustida ishlamoqda

«Arsenal» hujumchisi Nikolas Pepe faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Fabris Xokinsning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, nomi oshkor etilmagan Saudiya klubi «kanonirlar» bilan futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Avvalroq, 28 yoshli Pepe Turkiyaning «Beshiktosh» klubiga o‘tish variantidan bosh tortgandi. Hujumchining London shimolidagi amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

2019 yilda «Arsenal» Pepe uchun 80 million yevro to‘lagandi. Biroq, bu transfer muvaffaqiyatsiz tugadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter