Ferdinand pulning ortidan ketishga tayyor

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand agar hozir 30 yoshdan kichik bo‘lganida, Saudiya Arabistoniga o‘tishga rozi bo‘lishini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda katta maosh sababli ko‘plab yulduzlar ushbu mamlakatga ketishga qaror qildi. Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu «An-Nasr»da yiliga 200 million yevro maosh oladi.

«Agar men 20 yosh bo‘lganimda Saudiya Arabistoni variantidan voz kechishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rgan bo‘lardim, chunki men Yevropada sovrinlar yutishni xohlardim.

Ammo, agar 30 yoshdan kichik bo‘lganimda va mening arsenalimda allaqachon ko‘plab sovrinlar bo‘lsa, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga albatta rozi bo‘lardim. Bu hayotni o‘zgartiradi», – dedi Ferdinand.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter