«Arsenal»ga chap qanot himoyachisi kerak

«Arsenal» ushbu transfer oynasida Kiran Tirnini sotsa, yangi chap qanot himoyachisini sotib olishga harakat qiladi. Jurnalist Rayan Teylorning so‘zlariga ko‘ra, “kanonirlar”ning radarida ikkita futbolchi bor.

Gap «Lester»dan Timoti Kastan va «Sautgempton»dan Kayl Uoker-Piters haqida ketmoqda. Har ikki futbolchining klublari hozirda chempionshipda o‘ynashadi, shuning uchun potensial transfer «kanonirlar» uchun qimmatga tushmaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter