«Arsenal» futbolchisi kelasi mavsumni «Nant»da o‘tkazadi

“Arsenal” hujumchisi Markinyos Fransiyaning “Nant” klubiga o‘tadi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, tomonlar 20 yoshli braziliyalik uchun bir yillik ijara bo‘yicha kelishib olishgan.

Markinyos o‘tgan yozda «San-Paulu»dan «Arsenal»ga o‘tgan edi, biroq u o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Norvich»da ijara asosida o‘tkazdi. Qanot hujumchisi «kanonirlar» tarkibida oltita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter