Kudus Angliyaga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi

Hujumchi Muhammad Kudus «Ayaks»dan «Vest Xem»ga o‘tishga yaqin turibdi. The Athletic xabariga ko‘ra, London klubi transfer borasida deyarli kelishib olgan. «Bolg‘achilar»ning 23 yoshli Kudus borasidagi taklifi qabul qilinishi kutilmoqda.

Taklif taxminan 41,5 million yevroni tashkil qiladi. Yana 3 million yevro bonus sifatida shartnomaga kiritiladi. Bundan tashqari, «Ayaks» Kudusning keyingi transfer narxining 10 foizini o‘zida saqlab qoladi.

Kudusning o‘zi «Vest Xem» bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan besh yillik shartnoma imzolashi kerak.

Qo‘shimcha qilamizki, Premyer-liganing dastlabki ikki turida «Vest Xem» 4 ochko to‘plagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter