«Vest Xem» hujumchisi o‘z vataniga qaytadi

«Vest Xem» klubi hujumchisi Janluka Skamakka vataniga qaytishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka di Marsio ijtimoiy tarmoq orqali.

Insayder xabariga ko‘ra, 24 yoshli hujumchi «Inter»dan ko‘ra «Atalanta»ga o‘tishni afzal ko‘rgan. Potensial transfer summasi 30 million yevroni tashkil etadi, shundan besh million bonus to‘lovlari sifatida ro‘yxatga olinadi. Bergamo klubida Janluka 3,2 million yevro ishlab oladi.

Skamakka o‘tgan yili «Sassuolo»dan «Vest Xem»ga ko‘chib o‘tgandi. Hujumchi londonliklar safida 27ta o‘yinda qatnashib, sakkizta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter