«Liverpul» 19 million yevroga yaponiyalik futbolchi transferini yakunlashga yaqin turibdi

«Liverpul» «Shtutgart» yarim himoyachisi Vataru Endoga qiziqish bildirmoqda.

The Athletic xabariga ko‘ra, Endoning «Liverpul»ga o‘tishi yakunlanish arafasida. «Shtutgart» bilan muzokaralar ilg‘or bosqichda.

Endo transferni yakunlash uchun tez orada Angliyaga uchib ketishi kutilmoqda. The Athletic nashrining Germaniyadagi manbalariga tayanib xabar berishicha, «Shtutgart» futbolchining transferi uchun taxminan 19 million yevro oladi.

Bundesliganing 2022/23 yilgi mavsumida Vataru Endo 33 uchrashuvda 5 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter