Dzanyolo «Galatasaroy» muhlislari bilan xayrlashdi

Hujumkor yarim himoyachi Nikolo Dzanyolo «Aston Villa»ga o‘tganidan keyin «Galatasaroy» bilan xayrlashdi.

Juma kuni Birmingem klubi 24 yoshli italiyalikni sotib olish majburiyati bilan ijaraga olganini rasman e’lon qildi.

«Galatasaroy»da birinchi daqiqalardanoq meni tushunishganini his qildim, meni juda iliq kutib olishdi va doim qo‘llab-quvvatlashdi. Bugun bu klubni tark etar ekanman, hammasi uchun qanchalik minnatdor ekanligimni ifoda eta olmayman. Bu oilaning bir qismi bo‘lish juda yaxshi edi. Men uchun qilgan yaxshiliklaringizni hech qachon unutmayman, deb va’da beraman», – dedi Dzanyolo.

Nikolo Dzanyolo joriy yilning fevral oyidan beri “Galatasaroy” safida to‘p tepayotgan edi. Futbolchi Turkiya jamoasi safida 12 ta o‘yinda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter