«Galatasaroy» «Chelsi» bilan kelishuvga erishdi

«Chelsi» yarim himoyachisi Hakim Ziyesh «Galatasaroy»ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, turk klubi 30 yoshli marokashlik futbolchining transferi borasida «Chelsi» bilan kelishib olgan, endi kelishuv taqdiri keyingi tafsilotlar va futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga bog‘liq.

O‘tgan mavsumda Ziyesh “Chelsi” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter