Lavia «Sautgempton» muxlislari bilan xayrlashdi

«Sautgempton» yarim himoyachisi Romeo Lavia klub muxlislari bilan xayrlashdi. Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli belgiyalik futbolchi bonuslar bilan birga 68 million yevro evaziga Londonning “Chelsi” klubiga o‘tish arafasida turibdi.

«Maqsadimizga erisha olmagan bo‘lsak ham, men doimo muxlislar mehrini his qilganman. Klub menga ko‘rsatgan ishonchni hech qachon unutmayman. “Sautgempton” doim yuragimda bo‘ladi”, – deb post qoldirdi Lavia ijtimoiy tarmoqlarda.

Romeo «Sautgempton»da bir mavsum o‘tkazdi, unda jamoa Chempionshipga tushib ketdi. Yarim himoyachi avvalroq «Liverpul»ga o‘tishdan bosh tortgan va «Chelsi»ni tanlagandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter