Dzanyoloni APLga chorlashmoqda
«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri «Galatasaroy» yarim himoyachisi Nikolo Dzanyolo klubning qiziqishlari ro‘yxatida ekanligini aytdi.
«Nikolo bizning qiziqishlarimiz ro‘yxatida bo‘lganlardan biri, ammo kelishi mumkin bo‘lgan boshqa o‘yinchilar ham bor. Hozir jamoaga kim qo‘shilishi 100 foiz aniq emas», – deya murabbiydan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Dzanyolo“Galatasaroy”ga 2023 yil fevral oyida kelib qo‘shilgan edi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/