«Manchester Yunayted» qanot himoyachisi APLning boshqa klubiga o‘tadi

«Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi Alvaro Fernandes «Byornli»ning radariga tushdi.

20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni Chempionshipning «Preston» jamoasida ijara asosida o‘tkazdi. Sky Sports xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchining o‘yini «Byornli» rahbariyatini hayratda qoldirdi va endi jamoa futbolchini qo‘lga kiritishga umid qilmoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari Alvaro Fernandesning transfer narxini 7 million yevroga baholamoqda. Lateral hali «qizil iblislar» asosiy tarkibida debyut o‘tkazgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, «Byornli» o‘tgan mavsum oxirida chempionshipda birinchi o‘rinni egallab, Angliya Premyer-ligasiga qaytgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter