«Inter»ning Balogunga qiziqishi tasdiqlandi

«Inter» sport direktori Pyer Auzilio «Arsenal» hujumchisi Folarin Balogunning transferi haqidagi savolga javob berdi.

22 yoshli amerikalik uzoq vaqtdan beri “neradzurrilar”ning radarida bo‘lib turibdi, biroq “Arsenal” bilan hali transfer kelishuviga erishilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, «kanonirlar» hujumchi uchun 50 million yevro talab qilmoqda.

“Balogun – bozordagi variantlardan biri, ammo biz kuzatayotgan yagona futbolchi emas. Biz gol urishga qodir bo‘lgan odamni qidirmoqdamiz», – dedi Auzilio Sport Mediaset nashriga bergan intervyusida.

Ilgari «Inter» «Vest Xem» hujumchisi Janluka Skamakkani o‘z safiga jalb qilmoqchi edi, ammo u «Atalanta»ga o‘tishga qaror qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter