Stroppa: «Milan» chempionlik uchun kurashadi»

«Monsa»ning sobiq bosh murabbiyi Jovanni Stroppa «rossonerilar» lagerida nimalar bo‘layotganini kuzatib bormoqda.

Unga Italiya klubining xaridlari yoqadi, uning fikricha, yangi futbolchilar klub tarkibini sezilarli darajada kuchaytira oladi.

«Maldini va Tonalini qo‘yib yuborishlari meni hayratda qoldirdi. Ammo keyinchalik klub ularning o‘rniga o‘yinni yaxshilay oladigan yigitlarni olib keldi.

Pulishich, Loftus-CHik, Okafor – hammasi menga juda yoqadi, tezkor futbolchilar. Piolida ko‘proq imkoniyatlar mavjud.

Ishonchim komilki, «Milan» chempionlik uchun kurashadi», dedi Stroppa.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter