Keyn «Bavariya» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishga tayyor
«Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn «Bavariya»ga o‘tish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishga tayyor, deya xabar beradi Bild.
Manbaga ko‘ra, Keyn Myunxen klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun «Tottenxem»dan ruxsat olgan. Myunxenliklar transferning yakuniy tafsilotlari ustida ishlamoqda.
Oldinroq «Bavariya» nemis klubiga o‘tmasligi mumkin bo‘lgan 30 yoshli ingliz futbolchisidan javob kutayotgani xabar qilingandi.
Keyn o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 49 o‘yinda 32 gol urgan. Hujumchining “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/