«Lids» futbolchisi «Everton»ga o‘tishni istamoqda

«Everton» yangi hujumchi sotib olishga yaqin turibdi. Xabarlarga ko‘ra, «Lids Yunayted» vingeri Vilfrid Nyonto klub rahbariyatiga jamoadan ketib, «Everton»ga o‘tishni istashini bildirgan.

19 yoshli futbolchi jamoasining 9 avgust kungi bahsini o‘tkazib yuborgan edi. Nyonto hisobida o‘tgan mavsumda 4 ta gol va 4 ta assist bor edi. U ayni damda 20 million yevroga baholanmoqda.

Manba: caughtoffside.com

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter