Xyoylund xaridi bugun e’lon qilinadi
«Atalanta» markaziy hujumchisi Rasmus Xyoylund «Tumanli Albion»ga o‘tishga yaqin turibdi. 20 yoshli daniyalik hujumchining yangi joyi «Manchester Yunayted» bo‘ladi.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining «qizil iblislar» lageriga o‘tishi bugun e’lon qilinadi.
Hyoyundnning «Manchester Yunayted» futbolchisi sifatida rasmiy taqdimoti «Lens»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan bo‘lib o‘tadi.
Rasmus o‘tgan yozdan beri «Atalanta»da o‘ynamoqda. O‘tgan mavsumda hujumchi A Seriyada 34 ta o‘yinda ishtirok etgan. Hujumchi o‘nta gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/