MLS klubi «Napoli» futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
AQSHning «Los-Anjeles» klubi «Napoli» vingeri Irvin Losanoning transferi ustida ishlamoqda, deb xabar bermoqda Wdeportes nashri.
MLS klubi futbolchiga «Napoli»dagi hozirgi sharoitiga nisbatan sezilarli darajada ko‘tarilgan maoshi bilan 4 yillik shartnoma taklif qildi.
Taxminlarga ko‘ra, yaqin kunlarda tomonlar uchrashuv o‘tkazishi va unda yarim himoyachi taklifga yakuniy javob berishi kutilmoqda.
«Los-Anjeles»dan tashqari, «Lids», «Everton» va Saudiya Arabistonining nomi oshkor etilmagan klubi Losanoga da’vogarlik qilmoqda.
Losano «Napoli»da 2019 yilning avgustidan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning shartnomasi kelasi yozgacha amal qiladi. Qanot yarim himoyachisi «Napoli» safida 120 o‘yinda maydonga tushib, 23 gol va 14 golga assistentlik qilgan. Meksikalik futbolchi 28 yoshda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/