Pochchettino yana to‘rtta yangi xaridni amalga oshishini kutmoqda

«Chelsi» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino transfer oynasining qolgan kunlarida jamoasida kamida yana 4 nafar yangi futbolchini ko‘rishini kutmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pochettino jamoada ikki nafar yarim himoyachini ko‘rmoqchi. Eng yaxshi tanlovlar – «Brayton» futbolchisi Moyses Kaysedo va «Lids» a’zosi Tayler Adams. Hujumchi pozisiyasiga Turinning «Yuventus» klubidan Dushan Vlaxovich kelishi mumkin. «Kristal Pelas» vingeri Maykl Olise ham kelishi mumkin.

Barcha transferlar «Chelsi»ga 250 million yevroga tushishi kutilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter