«Zenit» APL klubidan tushgan taklifni rad etdi

«Nottingem Forest» «Zenit»ga yarim himoyachi Vilmar Barriosning transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, Sankt-Peterburg klubi 4 million yevrolik taklifni rad etgan. «Zenit» 29 yoshli kolumbiyalik uchun taxminan 15 million yevro olmoqchi.

Barrios «Zenit»da 2019 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Futbolchining shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 18 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter