Yaponiyalik futbolchi Rimga yetib keldi
Yaponiyalik yarim himoyachi Daichi Kamada o‘zining yangi klubi «Lasio» bilan shartnoma imzolash uchun Rimga yetib keldi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Kamada jahon futbolidagi eng qimmat erkin agentlardan biri hisoblanadi. Transfermarkt portali yaponiyalik futbolchini 27 million yevroga baholamoqda. Hujumkor yarim himoyachi endigina 26 yoshda.
Ilgari Kamada olti yillik faoliyati davomida Frankfurtning «Ayntraxt» klubiga tegishli edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/